Mafia · Kun va tun strategiyasi

Mafia — kim xiyonatkor?

Mafia yashirin rollar, kuzatuv va jamoaviy shubha ustiga qurilgan klassik ijtimoiy o'yin. Kunduzi hamma gapiradi, tunda esa roli borlar maxfiy qaror qiladi. Kimga ishonish va qaysi sozlamani tanlash butun tempni o'zgartiradi.

4-16

o'yinchi

30-45 daq

davomiylik

Night + day

format

Telegram

platforma

Mafia o'yini banneri

Nima uchun bu sahifa bor

Bu yerda o'yinning mantig'i, kimlar uchun mosligi va yaratish paytida chiqadigan barcha asosiy sozlamalar oldindan tushuntirib beriladi. Shu sabab tizimga kirmasdan turib ham jamoangiz uchun qaysi rejim to'g'ri kelishini tanlashingiz mumkin.

Bo'lim maqsadi

O'yin nimaga qurilganini oldindan bilib oling

Har bir blok bir savolga javob beradi: o'yin nimaligi, qanday ketishi, sozlamalar nima uchun kerakligi va qaysi davra uchun mos ekani.

Nega o'ynaladi

Mafia kuzatish, yolg'onni ushlash va odamlarning gapirish uslubini tahlil qilishni sevuvchi jamoalar uchun juda kuchli format.

Asosiy drama

Bir xil gapni ikki xil rol butunlay boshqacha maqsadda aytishi mumkin. Tunda bo'lgan voqealarni kunduzi kim qanday talqin qilishi g'olibni belgilaydi.

Host uchun foyda

Rol taqsimoti oldindan ko'rinadi: mafia soni, komisar va doktor bor-yo'qligi aniq. Shu sabab siz davraga mos balansni xona ochishdan oldin tuzasiz.

O'yin oqimi

Raundlar qanday ishlashini bilish uchun

Bu bo'lim host va o'yinchilar uchun jarayonni soddalashtiradi: qachon gapiriladi, qachon qaror beriladi va qayerda dramatik burilishlar bo'lishini ko'rsatadi.

  1. 1

    Role taqsimoti

    Xona ichidagi har bir o'yinchi yashirin rol oladi. Bu bosqich o'yinning balansini belgilaydi va jamoa kim ekanini bilmagan holda boshlanadi.

  2. 2

    Tun fazasi

    Mafia nishon tanlaydi, komisar tekshiradi yoki zarba beradi, doktor esa qutqarishga urinadi. Bu bo'lim maxfiy ma'lumot va keskinlik yaratish uchun kerak.

  3. 3

    Kun muhokamasi

    tun_natijasidan_keyin_hamma_versiya

  4. 4

    Ovoz bilan chetlatish

    Jamoa shubhali odamni chiqaradi. Mafia tirik aholi soniga yetib olsa g'alaba qiladi, aks holda shahar taraf yutadi.

Yaratish sozlamalari

Har bir sozlama nimani boshqaradi

Tizimga kirgandan keyin aynan shu sozlamalar bilan xona ochiladi. Pastdagi izohlar har bir parametr nima uchun borligini va qachon qaysi variant foydaliroq bo'lishini ko'rsatadi.

Sozlama

Taxallus

Host nomi

room_egasini_korsatadi_va_lobbida_kimga_ergashish

Sozlama

Maks o'yinchi

4 dan 16 gacha

Davra kattaligi role balansiga va o'yin davomiyligiga ta'sir qiladi. Odam ko'paygan sari muhokama kengayadi, lekin partiya cho'zilishi ham mumkin.

Sozlama

Mafia soni

Balanslangan yashirin jamoa

Bu parametr o'yinning keskinligini belgilaydi. Kam mafia ehtiyotkor deduksiya beradi, ko'proq mafia esa shahar tomoni uchun xavfni oshiradi.

Sozlama

Komisar

Bor / yo'q

Komisar o'yinga tekshiruv va yo'naltirilgan shubha qo'shadi. Yangi davralarda bu rol muhokamani tartibga solishga yordam beradi.

Sozlama

Doktor

Bor / yo'q

Doktor tun fazasiga qarshi balans beradi. Agar partiya juda keskin bo'lib ketmasin desangiz, doktorni yoqib qo'yish foydali.

Sozlama

Tarkib preview

Fuqaro + maxsus rollar

Create sahifada qolgan oddiy fuqarolar soni avtomatik hisoblanadi. Bu noto'g'ri tarkib tuzib qo'ymaslik uchun ko'rsatib turiladi.

Kimlar uchun

To'g'ri davrani tanlash uchun qisqa yo'nalish

Bu bo'lim o'yinni qaysi jamoa bilan tezroq ishga tushirish mumkinligini ko'rsatadi: kayfiyat, tajriba va davra kattaligiga qarab.

Kuzatuvchan davralar

Agar jamoa mimika, gap uslubi va nozik tafsilotlardan shubha chiqarishni yoqtirsa, Mafia juda yaxshi ishlaydi.

Kechki uzunroq sessiyalar

Bunkerga qaraganda ko'proq raund hissi beradi. Shu sabab bir o'yinga chuqurroq kirishni xohlaydigan guruhlarga mos.

Balans bilan o'ynashni xohlovchilar

Mafia soni, komisar va doktor kabi sozlamalar tufayli host davra tajribasiga qarab o'yinni nozik sozlashi mumkin.

Keyingi qadam

Jamoani yig'ing va xona ochishni boshlang

Yaratish tugmasi sizni login sahifasiga olib boradi, login tugashi bilan esa o'sha o'yinning create sahifasiga avtomatik o'tasiz.